Daryo

Jizzaxda soxta diplomga ega 10 ta maktab o‘qituvchisi qo‘lga olindi

Ularda Jizzax davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti va Guliston davlat universitetining diplomlari aniqlandi

1 daqiqa o‘qish57 506 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati

Jizzaxda soxta oliy ma’lumotli diplomga ega 10 nafar maktab o‘qituvchisi hibsga olingan, deb xabar berdi viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Sharof Rashidov tuman xalq ta’limi bo‘limida o‘tkazilgan tekshiruv davomida oliy o‘quv yurtlarida o‘qimagan va soxta diplom bilan o‘qituvchi bo‘lib ishlagan 10 kishi aniqlandi.

Aniqlangan soxta o‘qituvchilarda Jizzax davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti va Guliston davlat universitetining qalbaki diplomlari bo‘lgan.

Ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, ularni sotish yoki ishlatish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Buxoroda Rossiyaga borish uchun soxta aviachipta tayyorlash bilan shug‘ullangan ikki kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Andijonda soxta PZR-testlarni tayyorlab sotish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlangani hamda Toshkentda 4 ming dollar evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar