Daryo

Yakkasaroyda Lacetti, Damas hamda Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish47 022 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Foto: YHXBB

Ma’lum qilinishicha, 9-aprel kuni soat 10:00 larda Toshkentning Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida joylashgan tuman IIO FMB binosi ro‘parasida YTH sodir bo‘lgan.

Haydovchi F.M. (1998-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Lacetti, R.F. (1990-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Damas hamda D.A. (1978-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Spark bilan to‘qnashgan.

Foto: YHXBB

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: YHXBB

Mazkur YTH yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Bundan avval Jizzaxda yuk mashinasi va 2 avtomobil ishtirokidagi YTH oqibatda 1 kishi vafot etgani, Yakkasaroyda 3 ta avtomobil va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgani hamda Farg‘onada Nexia zovurga tushib ketishi oqibatida haydovchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar