Daryo

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yangi rais tayinlandi

Ushbu lavozimni Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Sodiq Toshboyev egalladi

1 daqiqa o‘qish66 269 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Abdug‘ofur Ahmedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zbekiston24”

U ushbu lavozimda 2019-yil sentabr oyidan buyon ishlab kelgan. Bungacha Abdug‘ofur Ahmedov Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Uning yangi ish joyi haqida hozircha ma’lum qilinmagan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning yangi raisi etib 2018-yilning 18-oktabridan buyon Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Sodiq Toshboyev tayinlandi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Sodiq Toshboyev 1978-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1999-yilda G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi Toshkent filialini tamomlagan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — iqtisodchi, siyosatshunos va tizimli tahlilchi. U 2001—2002-yillarda “O‘zagrosug‘urta” Samarqand filiali yetakchi mutaxassisi, 2004—2018-yillarda harbiy qism harbiy xizmatchisi bo‘lgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar