Daryo

Rediska, pishloq va tuxumdan bahoriy salat tayyorlaymiz

Vitaminlarga boy hamyonbop salat retsepti bilan tanishing

1 daqiqa o‘qish53 424 ko‘rishlar0 izoh1
Foto: Lifehacker

Bahor mavsumi arafasida vitaminlarga boy sabzavotlar qabul qilish kerak. Buning eng yaxshi usuli – ulardan tayyorlangan salatlarni iste’mol qilishdir.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • tuxum – 3 dona;
  • pishloq – 100 gramm;
  • rediska – 5-6 dona;
  • bodring – 1-2 dona;
  • ko‘k piyoz – 1 bog‘lam;
  • mayonez.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Tuxum qaynatib olinadi.
  2. Pishloq va tuxum qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Bodring va rediska somoncha shaklida, ko‘kat esa mayda to‘g‘raladi.
  3. So‘ngra tuxum, ko‘kat, rediska, bodring qatlamining orasiga mayonez surtiladi.
  4. Tayyor bo‘lgan salat yuzasiga pishloq sepiladi va dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar