Daryo

Rediskadan tayyorlanuvchi 5 xil bahoriy salat retsepti

Erta bahorda rediskaga ko‘katlar qo‘shib, okroshka tayyorlashni deyarli hamma biladi. Quyidagi salatlar ham rediskadan tayyorlanib, ajoyib ta’mi bilan sizga manzur bo‘ladi

2 daqiqa o‘qish40 665 ko‘rishlar0 izoh1

Erta bahorda rediskaga ko‘katlar qo‘shib, okroshka tayyorlashni deyarli hamma biladi. Quyidagi salatlar ham rediskadan tayyorlanib, ajoyib ta’mi bilan sizga manzur bo‘ladi.

Kartoshkali salat

Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • rediska — 1 bog‘lam;
  • kartoshka — 1-2 kg;
  • shivit — 1 bog‘lam.
Sous uchun:
  • zaytun yog‘i — 3 osh qoshiq;
  • limon sharbati — 1 osh qoshiq;
  • xantal — 1 osh qoshiq;
  • tuz, ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni: 
  1. kartoshkani qaynatib, parrak qilib to‘g‘rang;
  2. rediskani ham tozalab, aylana shaklida to‘g‘rang;
  3. idishda zaytun yog‘i, limon sharbati, xantal, tuz va ziravorlarni aralashtirib oling. So‘ngra aralashmaga kartoshka va rediskani qo‘shing.
Brinzali salat
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • rediska — 1 bog‘lam;
  • salat bargi — 1 bog‘;
  • qizil piyoz — 1-2 ta;
  • selderey — 1-2 ta shox;
  • brinza — 150 gramm.
Sous uchun:
  • zaytun yog‘i — 3 osh qoshiq;
  • xushbo‘y sirka — 1 osh qoshiq;
  • asal — 1 osh qoshiq;
  • tuz, ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni: 
  1. rediska, selderey va salat bargini tozalab, to‘g‘rab oling;
  2. sous mahsulotlarini aralashtirib, unga to‘g‘ralgan rediska, selderey va salat bargini qo‘shing;
  3. songra aralashmaga maydalangan brinzani ham soling.
Smetanali salat
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • rediska — 1 bog‘lam;
  • tuzlangan bodring — 2 ta;
  • tuxum — 3 ta;
  • ko‘k piyoz— 1 bog‘;
  • shivit — 1 bog‘;
  • smetana ta’bga ko‘ra
  • tuz, ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni: 
  1. rediska va tuzlangan bodringni tozalab, mayda to‘g‘rab oling;
  2. tuxum, ko‘k piyoz va shivitni ham tog‘rang;
  3. to‘g‘ralgan mahsulotlarni idishga solib, smetana, tuz va ziravorlar qo‘shib, aralashtiring.
Qisqichbaqali salat
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • rediska — 2 ta;
  • oq guruch — 200 g;
  • qisqichbaqa tayoqchalari — 200 g;
  • konservalangan makkajo‘xori — 1 banka;
  • mayonez— 50 g;
  • bodring — 1 ta;
  • tuxum — 2 ta
  • tuz;
  • limon sharbati— ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanish jarayoni: 
  1. tuxum va guruchni alohida idishda qanatib oling;
  2. sabzavotlarni mayda, qisqichbaqa tayoqchalarini esa somoncha yoki kub shaklida to‘g‘rang;
  3. barcha mahsulotlarni idishg asolib, tuz, mayonez va limon sharbati qo‘shib aralashtiring.
Olmali salat
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • rediska — 400 gramm;
  • selderey — 2-3 ta shox;
  • yashil olma — 1 ta;
  • salat bargi — 1 bog‘;
  • yalpiz, shovul — ta’bga ko‘ra.
Sous uchun:
  • mango — 1-2 ta;
  • zaytun yog‘i — 40 gramm;
  • tuz, ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni: 
  1. rediskani aylana, olmani kub shaklida, seldereyni mayda qilib to‘g‘rang;
  2. shovul va salat bargini qo‘lda maydalab, idishga soling;
  3. mangoni blenderda ezin, zaytun yog‘i, tuz va ziravorlar qo‘shib, to‘g‘ralgan mahsulotlarga aralashtiring.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar