Daryo

Toshkentda beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Oqibatda bir kishi jarohat olgan, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan

1 daqiqa o‘qish75 050 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Toshkentning Mirobod tumanida 3-aprel kuni soat taxminan 21:10 da beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Mirobod tumani, Shahrisabz va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada Lacetti, Toyota, Spark, Malibu va Nexia to‘qnashgan. Oqibatda Nexia’ning 20 yoshli haydovchisi J.S. jarohat olgan. Unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: YHXBB matbuot xizmati
Foto: YHXBB matbuot xizmati
Foto: YHXBB matbuot xizmati
Avvalroq Toshkentning Amir Temur ko‘chasida Malibu va Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi shifoxonaga yotqizilgani, Yunusobod tumani Buyuk Turon va Zarafshon ko‘chalari kesishgan chorrahada Lacetti hamda Spark ishtirokida to‘qnashuv oqibatida ham bir kishi shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Andijonda to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Ikki kishi jarohat olgan

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar