Daryo

Toshkentda Malibu va Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi shifoxonaga yotqizildi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish62 722 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkentning Amir Temur ko‘chasida to‘qnashgan ikki avtomobil haydovchilaridan biri jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi, deya xabar bermoqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 28-mart kuni taxminan soat 19:30 da Amir Temur ko‘chasida (“Marvarid” kafesi qarshisida) ikkita transport vositasi – 32 yoshli T.R. boshqaruvidagi Malibu va 55 yoshli Y.R. boshqaruvidagi Lacetti avtomobillari to‘qnashuvi ro‘y berdi. YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

YTH oqibatida ikkala haydovchi, shuningdek, avtomobillardan birining yo‘lovchisi – 41 yoshli K.Sh. turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Bundan avval Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Nexia beton devorga urilib, yo‘lovchi vafot etgani, Toshkent—O‘sh yo‘lida avtokran va uchta yengil avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘lgani hamda Namanganda 3 yoshli bola “Jiguli” urib ketishi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar