Daryo

Xiaomi smartfonlarni “xuddi fastfud” kabi sotmoqda. Xitoyda Mi Home do‘konlari soni 5000 taga yetdi

Yangi do‘konda ishlab chiqaruvchining eng so‘nggi flagmanlari, xususan, Xiaomi Mi Mix Fold, Xiaomi Mi 11 Pro va Xiaomi Mi 11 Ultra modellari sotilmoqda

1 daqiqa o‘qish23 660 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Xiaomi kompaniyasi 3-aprel kuni Xitoyda navbatdagi Mi Home do‘konini ochdi, deb xabar beradi IXBT. Ushbu do‘kon kompaniyaning hisob bo‘yicha 5000-do‘koniga aylangan.

Foto: IXBT

So‘nggi oylarda Xiaomi chakana savdo do‘konlarini ko‘paytirmoqda. 2019-yilning yakunidagi holatlarga ko‘ra, Xitoyda Xiaomi’ning 630 ta do‘koni bo‘lgan. 2020-yil 6-dekabr kuni esa kompaniya do‘konlari 1000 taga, yanvar boshida esa 2000 taga yetgan.

“Xiaomi’ning mobil telefonlarini oflayn-biznesi mobil qurilmalarni ‘fastfud’ kabi sotishdan iborat — do‘konlardagi tovar aylanmasi samaradorligini oshirishimiz va foyda ko‘rish uchun yetkazib berishlarni oshirishimiz kerak”, — dedi Xiaomi China vitse-prezidenti Gao Sziguan.

Foto: IXBT
5000-do‘kon Xitoy shimoli-sharqidagi Shenyan shahrida ochilgan. U yerda ishlab chiqaruvchining eng so‘nggi flagmanlari, xususan, Xiaomi Mi Mix Fold, Xiaomi Mi 11 Pro va Xiaomi Mi 11 Ultra modellari taqdim etiladi.

Mavzuga doir: Xiaomi bir mamlakatdagi do‘konlari soni bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar