Daryo

Xiaomi bir daqiqa ichida 200 ming dona Mi 11 Pro va 11 Ultra smartfonlarini sotdi

Xiaomi Mi 11 Ultra’ning barcha modifikatsiyalari bir zumda sotilgan — hozirda qurilmadan qolmagan

1 daqiqa o‘qish43 536 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi sotuvga chiqargan yangi flagmanlariga oid hisobot bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Xiaomi

Ma’lum qilinishicha, yangi Mi 11 Pro va 11 Ultra flagmanlari sotuvi boshlanganidan bir daqiqa o‘tib, 1,2 milliard yuanlik (180 million dollardan ortiq) qurilma sotilgan. Savdolarning asosiy ulushi hamyonbop model hisobiga to‘g‘ri kelayotgani inobatga olinsa, 200 ming donadan ortiq smartfon sotilgan bo‘lib chiqadi.

Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, Xiaomi Mi 11 Ultra’ning barcha modifikatsiyalari bir zumda sotilgan — hozirda qurilmadan qolmagan.

Ayni vaqtda AliExpress orqali Xiaomi assortimentlaridan “deyarli flagman” bo‘lgan Poco X3 Pro’ni xarid qilish mumkin. 2-aprelga qadar uni 50 dollar chegirma bilan xarid qilsa bo‘ladi — 6/128 gigabaytlisi 199 dollar yoki 8/256 gigabaytlisi 249 dollar.

Xiaomi Mi 11 Pro va 11 Ultra kompaniya tomonidan mart oxirida o‘tkazilgan keng ko‘lamli taqdimotda namoyish etilgandi. Smartfonlar kremniy-kislorodli anodga ega yangi turdagi akkumulyator hamda Xiaomi tarixida birinchi bor IP68 standarti bilan jihozlangan.

Mi 11 Pro narxi 5000 yuandan (787 dollar), Mi 11 Ultra — 5999 yuandan (918 dollar) boshlanadi. Xiaomi ushbu qurilmalarini Xitoydan tashqarida sotish-sotmasligi hozircha noma’lum.

Avvalroq Xiaomi buklanadigan smartfon, yangi noutbuklar va yangilangan logotipini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Xiaomi kompaniyasi Poco F3 va X3 Pro’ni taqdim etdi: flagmanlar narxi 249 yevrodan boshlanadi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar