Daryo

Xiaomi bir mamlakatdagi do‘konlari soni bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Kompaniya so‘nggi bir yilning o‘zida 1000 ta do‘kon ochgan

1 daqiqa o‘qish23 334 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Mi Blog

Xiaomi kompaniyasi o‘z faoliyatini bundan 10 yil oldin boshlagan. Bu vaqt davomida kompaniya uzoq yo‘lni bosib o‘tdi, ko‘plab xatoliklarga ham yo‘l qo‘ydi va tajriba orttirdi. Masalan, ishlab chiqaruvchi dastlab o‘z gadjetlarining faqat onlayn-savdolari bilan shug‘ullangan, biroq keyin hisob-kitob qilib, chakana savdo bilan shug‘ullanishga o‘tgan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Mi Blog

Kompaniyaning Hindistondagi savdosi yaxshi natijaga erishgan. Xiaomi hatto bu mamlakatdagi savdo nuqtalari soni bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan.

Kompaniya birinchi bor 2018-yilning noyabrida 500 ta do‘kon ochib rekord o‘rnatgan. 2019-yilning avgustiga kelib esa xitoyliklarning 2000 ta do‘koni bor edi. So‘nggi bir yil ichida ular yana 1000 ta do‘kon ochib, 3 minglik marrani zabt etdi — bu birgina mamlakatning o‘zidagi ko‘rsatkich.

Xiaomi India’ning operatsion direktori Muralkrishna Bning so‘zlariga ko‘ra kompaniya erishilgan natijalari bilan to‘xtab qolish niyatida emas. “Biz faoliyat ko‘lamimizni hamkorlarimiz va muxlislarimiz yordamida yanada kengaytirish niyatidamiz”, — deydi kompaniya top-menejeri. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar