Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Jo Bayden va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Baydenning prezidentlik faoliyati boshlanganidan beri birinchi marta muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar taxminan 50 daqiqa davom etdi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermakka tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Yermakning so‘zlariga ko‘ra, Bayden mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi, shuningdek, “Ukraina va uning atrofida sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega ekanini” aytdi.

“Bayden AQSh Ukrainani ko‘maksiz tashlab qo‘ymasligiga ishontirdi. Suhbat yaxshi o‘tdi”, — dedi Yermak. Muzokaralar davomida Zelenskiy AQSh prezidentini Qrim platformasi sammitida ishtirok etishga ham taklif qildi.

Oq uy ham mazkur muzokaralar haqida xabar berdi. “Bayden AQSh Rossiyaning Donbas va Qrimdagi tajovuziga qarshi Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganini yana bir bor tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Qo‘shma Shtatlar bir nechta yo‘nalishlarda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishi haqida ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, AQSh Ukrainaga 125 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi ajratishni rejalashtirgan edi. Yangi paket Ukrainaga “hududiy yaxlitlikni saqlashga, shuningdek, o‘z chegaralarini himoya qilishni ta’minlashga” yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan. Ajratilgan mablag‘ “NATO bilan o‘zaro hamkorlikni” yaxshilashga ham sarflanadi.

Nihoyat, Blinken yana bir bor AQShning Qrim anneksiyasini tan olmasligini va “Donbasdagi Rossiya agressiyasi”ga qarshi ekanini ta’kidladi.

Avvalroq AQSh Rossiyaga Qrim sabab kiritilgan sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytirib, Navalniy tufayli sanksiyalarning ikkinchi raundi haqida ogohlantirgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi