Daryo

Toshkentda Vengriyaning Debretsen universiteti filiali ochiladi

Ushbu universitet filiali 2021-yilda ish boshlaydi

1 daqiqa o‘qish32 754 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Dreamstime

Toshkentda 2021-yilda Vengriyaning Debretsen universiteti ish boshlaydi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirokidagi muzokarada ma’lum qilindi.

Foto: Dreamstime

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mamlakatlar sog‘liqni saqlash, ilm-fan va ta’lim bo‘yicha tajriba almashib kelmoqda. 2021/2022-o‘quv yilida o‘zbekistonlik talabalar uchun Vengriyadagi oliy o‘quv yurtlarida 100 dan ortiq grant ajratilgan.

Muzokaralar davomida madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni davom ettirish, ilm-fan va madaniyat muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga kelishib olingan.

Toshkentda Vengriyaning Debretsen universiteti filialini ochish masalasi 2020-yilning 18-fevralida Toshkentda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishida muhokama qilingan.

Unda ikki tomonlama diplom berish bilan qo‘shma o‘quv dasturlarini tashkil etish va O‘zbekiston universitetlarining Evropa Ittifoqining Erasmus Plus, Tempus, Horizon 2020 kabi ta'lim dasturlarida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash ham ko‘rib chiqilgan.

Yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Toshkentda Debretsen universitetining filialini ochish to‘g‘risida kelishuv imzolangan.

Ma’lumot uchun, Debretsen universiteti Vengriyaning yetakchi universitetlaridan biri hisoblanadi. Unda tibbiyot, stomatologiya, farmatsevtika, huquq, agronomiya, iqtisodiyot, informatika, san’at, pedagogika kabi yo‘nalishlarda ta’lim beriladi.

Avvalroq Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etilishi, Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali ochilishi haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar