Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia avtomobilining gaz balloni portlab ketdi, deb xabar berdi YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 25-yanvar kuni soat 16:50 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Bo‘z 2 dahasi 6a-uy qarshisida to‘xtab turgan, 1985-yilda tug‘ilgan J.K. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilning gaz ballonida chaqnash sodir bo‘lgan.

Foto: YHXBB

Portlash natijasida ushbu avtomobil yaqinida to‘xtab turgan Nexia-3, Spark va ikkita Matiz rusumli transport vositalari texnik shikastlangan.

Portlash natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Foto: YHXBB

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar FVB va IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, chaqnash sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq Buxoroda ko‘chada harakatlanib ketayotgan “Jiguli”ning gaz balloni, Buxoroda Matiz’ning gaz balloni portlashi oqibatida ikkita mashinaga zarar yetgani hamda Buxoroda Nexia’ning gaz balloni portlab ketib, uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Muvaffaqqiyatga erishishidan avval o’zaro do‘st tutingan mashhurlar (foto)
Mahalliy
“Mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”. Zafar Hoshimov hokimlarning xalq deputatlari kengashlariga rahbar bo‘lishi masalasi haqida
Mahalliy
Chilonzorda yo‘l kengaytirish ishlarida 101 tup daraxt ildizi shikastlangan — Davlat ekologiya qo‘mitasi