Daryo

Xiaomi kompaniyasi o‘z avtomobilini taqdim etishi mumkin

Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Xiaomi’ning rasmiy sahifasida avtomobil tizeri paydo bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish31 646 ko‘rishlar0 izoh0

Xiaomi kompaniyasi ko‘pchilikni qanday qilib hayron qoldirishni biladi, biroq bu safar u mutlaqo boshqacha yo‘l bilan o‘z muxlislarini xushnud etmoqchi. Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Xiaomi’ning rasmiy sahifasida yangi mahsulot tizeri paydo bo‘ldi: chizgilarga ko‘ra bu — avtomobil, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Yo‘ltanlamas o‘zining silueti bilan Suzuki Jimny yoki Mercedes G-Class’ni yodga soladi.

Mazkur tizerni hazil tariqasida qabul qilish mumkin edi, biroq bunga yo‘l qo‘ymaydigan bir-ikkita “jihatlar” bor. Birinchidan, gap qandaydir insayder haqida emas, Xiaomi’ning rasmiy sahifasi haqida ketmoqda. Ikkinchidan, surat ostidagi yozuv barchasi jiddiyligini ko‘rsatadi: “Avtomobil yaratish? Biz jiddiy!”. Tizer e’lon qilinganidan so‘ng, o‘chirib tashlangan, biroq bu uning internet tarmog‘ida tarqalib ketishining oldini olmagan.

Ta’kidlash kerakki, Xiaomi mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilib keladi. 2019-yilda Xiaopeng Motors kompaniyasiga sarmoya ham kiritgan edi. Qayd etilishicha, Xiaopeng P7 elektrosedanini hozirda yetkazib berish boshlangan bo‘lib, u Tesla’ning muqobili bo‘lishi kutilmoqda. Biroq Xiaopeng P7 kuzovining silueti mutlaqo boshqacha. Shu sababli aynan qaysi avtomobil haqida gap ketayotgani noma’lum: avtomobil o‘yinchoq bo‘lib chiqishi ham mumkin. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar