Daryo

Namanganning “Afsonalar vodiysi” bog‘idagi yangi masjidda ilk juma namozi o‘qildi

Mazkur yangi masjid ishga tushishi bilan Namangan shahridagi masjidlar soni 38 taga yetdi

1 daqiqa o‘qish112 459 ko‘rishlar1 izoh0
Foto: “Daryo”

Namangan shahridagi yangi masjidda bugun, 19-mart kuni ilk juma namozi o‘qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

“Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” masjidi Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘i hududida joylashgan bo‘lib, maydoni 20 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Foto: “Daryo”

Bu yerdagi xonaqohda 4,5 ming nafar namozxon ibodatni ado etishi mumkin. Ular uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Jumladan, 700 o‘rinli avtoturargoh, tahoratxona barpo etildi, zamonaviy isitish va sovitish tizimlari o‘rnatildi.

Foto: “Daryo”

“Masjidimizda kattagina kutubxona ham joylashgan bo‘lib, keyinchalik elektron kutubxona tizimini ham yo‘lga qo‘yamiz. Ya’ni masjidga kirgan namozxon ibodat vaqtiga qadar diniy kitoblarni elektron mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — deydi “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” masjidi imom-xatibi Musoxon Abbosiddinov.

Foto: “Daryo”
Ma’lumot uchun, mazkur yangi masjid ishga tushishi bilan Namangan shahridagi masjidlar soni 38 taga, viloyatda esa 189 taga yetdi.

Mavzuga doir: Namangandagi “Afsonalar vodiysi” istirohat bog‘ida bir vaqtning o‘zida 15 ming kishi ibodat qila oladigan masjid qurilmoqda (foto)

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar