Daryo

Islandiyada so‘nggi bir necha hafta davomida 50 mingdan ortiq zilzila qayd etildi

Olimlarning ta’kidlashicha, seysmik zona mamlakat poytaxti Reykyavikdan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan

1 daqiqa o‘qish22 569 ko‘rishlar0 izoh0

Islandiyada o‘tgan uch hafta davomida seysmologlar 50 mingdan ortiq zilzilani qayd etdi. Olimlar ushbu hodisani g‘ayrioddiy deb atadi va vulqon otilish ehtimoli yuqori ekanini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Mutaxassislar zilzilalarning taxminiy sanasini ayta olmayapti.

“Ko‘plab odamlar yer qimirlashi natijasida uyg‘onib ketyapti. Zilzilalarning ba’zilari besh balldan baland magnitudali bo‘lgan. Bu g‘ayritabiiy hol. Hech kim bunga o‘xshash hodisani eslay olmaydi, menimcha”, — dedi Islandiya Meteorologiya xizmati xodimi Elizabet Palmadottir.

Olimlarning ta’kidlashicha, seysmik zona mamlakat poytaxti Reykyavikdan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan.

BBC’ning ta’kidlashicha, islandiyaliklar vulqon otilishiga o‘rganib qolgan, lekin zilzilalar yuz yillardan buyon bu hududda bo‘lmayotgandi.

Shu bilan birga, sayyoramizda bir kun ichida 100 dan ortiq zilzila yuz berdi. Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Gretsiya, Turkiya, Islandiy, Nikaragua, Yangi Zelandiya va boshqa mamlakatlarda turli kuchlanishdagi tebranishlar ro‘yxatga olindi.

Ma’lumot uchun, Yaponiyadagi zilzilada 150 dan ortiq kishi zarar ko‘rdi, ularning 12 nafari jiddiy jarohat oldi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar