Daryo

Indoneziyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatlari — suratlarda

Zilzila kamida 46 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

2 daqiqa o‘qish54 878 ko‘rishlar0 izoh0
Qutqaruvchilar Mamuju shahridagi Mitra Manakarra kasalxonasida omon qolganlarni qidirmoqdalar, u erda Sulavesi orolida 6,2 balli zilzila sodir bo'lganda kasalxona tekislangandan keyin 20 ga yaqin bemor va xodimlar vayronalar ostida qolib ketishdi. Foto: AFP

Indoneziyaning Sulavesi provinsiyasida 15-yanvar, juma kuni 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila kamida 46 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Mazkur tabiiy ofat natijasida oroldagi  jiddiy zararlangan binolar haqida AFP va Reuters fotosuratlar taqdim etdi.

Qutqaruvchilar Mamuju shahridagi Mitra Manakara kasalxonasi vayronalari orasidan omon qolganlarni qidirmoqda. Zilzila oqibatida 20 ga yaqin bemor va xodimlar kasalxona binosi ostida qolib ketgan.Foto: AFP
Vayron bo‘lgan kasalxona binosiga qarab turgan odamlar.Foto: Reuters
Mamuju shahrini tark etayotgan fuqarolar yo‘lda tirbandlik hosil qilmoqda.Foto: AFP
Qutqaruvchilar qulab tushgan bino ostidan tirik qolganlarni qidirmoqda.Foto: AFP
Mamujudagi zilzila chog‘ida ustiga bino parchalari qulab tushgan mashina.Foto: Reuters
Qutqaruvchilar tirik qolganlarni qidirish mobaynida vayronalarni tozalamoqda.Foto: AFP
G‘arbiy Sulavesi provinsiyasida odamlar gubernatorning vayron bo‘lgan ofisini ko‘zdan kechirmoqda.Foto: Reuters
Qutqaruvchilar qulab tushgan bino ostidan tirik qolganlarni qidirmoqda.Foto: Reuters
Qutqaruvchilar Mitra Manakara kasalxonasi vayronalari orasidan tirik qolganlarni qidirmoqda.Foto: Reuters
Vayron bo‘lgan uylarini ko‘zdan kechirayotgan aholi.Foto: AP Photo
Mamujudagi qulagan bino atrofida odamlar ish bilan band.Foto: Getty Images
Qutqaruvchilar vayronalar orasidan tirik qolganlarni qidirmoqda.Foto: AFP
Mamuju shahridagi zararlangan kasalxona binosi yonidan o‘tayotgan kishi.Foto: AFP
Qutqaruvchilar xarobalar orasidan tirik qolganlarni qidirmoqda.Foto: AFP
Qutqaruvchilar qulab tushgan bino ostidan tirik qolganlarni qidirmoqda. Tabiiy ofat keltirgan zarar hajmi aniq emas.Foto: AFP
Qidiruv-qutqaruv agentligi guruhi a’zolari zilziladan keyin vayronalarni qazib olmoqda.Foto: Reuters
Ta’kidlash joiz, mintaqa Tinch okeani havzasidagi yoriq chiziqlarda, “olovli halqa” va vulqonlar yoyida joylashgani uchun Indoneziyada zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi. AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 1901-yildan 2017-yilgacha Indoneziyada 7 magnitudadan yuqori zilzilalar soni 150 tadan ortiq kuzatilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar