Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyada sodir bo‘lgan yer silkinishi oqibatida jabrlanganlar soni 150 kishiga yetdi, 950 mingga yaqin uy xo‘jaliklari elektr quvvatisiz qoldi. 7,3 magnitudali zilzila mamlakat shimoli-sharqiga ta’sir ko‘rsatdi. U, shuningdek, poytaxt Tokioda ham sezildi. Keyinroq kichikroq ko‘lamdagi bir nechta aftershoklar qayd etildi.

Vayronalar tufayli ayrim yo‘llar to‘sib qo‘yildi, tezyurar poyezdlar harakati buzildi. “Fukusima-2” AESda ishlatilgan yadro yoqilg‘isini saqlash uchun hovuzlardan radioaktiv suvning bir qismi to‘kilgan. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, bu yadro yoqilg‘isini sovutish ishiga ta’sir qilmagan. “RBK” mamlakatdagi zilzila oqibatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.

Fukusima prefekturasining Nihonmatsu shahridagi halqa yo‘lida sodir bo‘lgan ko‘chki.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Fukusima prefekturasida kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan devor.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Fukusima prefekturasining Soma shahrida avj olgan COVID-19’dan so‘ng ijtimoiy masofalanish uchun to‘siqlar o‘rnatilgan vaqtinchalik evakuatsiya markazi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Fukusimaning Koori shahridagi singan darvoza.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ayol o‘z do‘konidagi singan idishlarni yig‘ishtirmoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Zilzila oqibatida yorilgan avtomobil yo‘li.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Kuchli zilzila oqibatida yuzaga kelgan ko‘chki Fukusima prefekturasining Soma shahridagi Joban tezyurar avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Kutubxonalarning biridagi zilzila oqibatlari.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Fukusima prefekturasining Soma shahridagi yer silkinishi oqibatida zarar ko‘rgan bino.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ishchi vino do‘konida singan butilkalarni yig‘ishtirmoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Fukusima prefekturasining Ivaki ko‘chasida kuchli zilzila oqibatida binoning ko‘chib tushgan tashqi devori.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Seysmologlar ogohlantirishicha, yaqin haftalar ichida qaytadan kuchli yerosti silkinishlari sodir bo‘lishi mumkin. Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga mamlakat fuqarolariga uyda qolishni tavsiya qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov