Daryo

Qashqadaryo va Surxondaryoda Pedagogika institutlari tashkil etiladi

Ikkala institut ham o‘quv jarayonini 2021/2022-o‘quv yilidan boshlaydi

1 daqiqa o‘qish74 538 ko‘rishlar0 izoh0

Hukumatning 16-martdagi tegishli qarorlari bilan Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti hamda Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar belgilandi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, ikkala institut ham o‘quv jarayonini 2021/2022-o‘quv yilidan boshlaydi.

O‘quvchilarni pedagogik kasbga yo‘naltirish maqsadida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi yetakchi maktablarning 10 tasida 3—4-sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish va matematik savodxonlik bo‘yicha sinflar”, 8—9-sinf o‘quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha sinflar”, 10—11-sinf o‘quvchilari uchun “Pedagogik sinflar” tashkil etiladi va institutlar taklifi asosida dars jarayoniga ta’sir etmagan holda o‘quv jarayonlariga o‘zgarish kiritiladi.

Termiz davlat universitetining Pedagogika institutiga Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali bino va inshootlari hamda sobiq Muzrabot agroservis kasb-hunar kolleji bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda institutga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berildi.

Qarshi davlat universitetining Pedagogika institutiga esa Toshkent davlat texnika universitetining hamda Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filialining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda institutga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan respublikadagi 5 ta universitet qoshida Pedagogika institutlari tashkil etilgandi.

Avvalroq Toshkentda Diplomat university nomli xususiy universitet va Toshkent amaliy fanlar universiteti ochilishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar