Daryo

Toshkentda yuz bergan YTHda Cobalt “uchib”, boshqa Cobalt’ning ustiga tushdi. Hodisadan so‘ng to‘rt kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi

Hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilganicha yo‘q; hodisa oqibatida jabrlanganlar va ularning joriy ahvoli haqida batafsil axborot hozircha mavjud emas

1 daqiqa o‘qish91 856 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasining “To‘qimachi” stadioni oldidan o‘tgan qismida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. “Cobalt katta tezlikda qarama-qarshi yo‘lga chiqib, boshqaruvni yo‘qotib, ‘stolba’ga urilgan va yuqoriga ko‘tarilib, boshqa bir Cobalt’ning ustiga tushgan”, — deyiladi ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan xabarlarda. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborotiga ko‘ra, hodisa 7-mart kuni soat taxminan 23:55 da yuz bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, Rustaveli ko‘chasida 1993-yilda tug‘ilgan haydovchi O.B. Cobalt avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, simyog‘ochga urilgan va o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan, 1955-yilda tug‘ilgan haydovchi A.Sh. boshqaruvidagi boshqa bir Cobalt bilan to‘qnashgan.

“Natijada O.B. boshqaruvidagi Cobalt yo‘lovchilari — 29 yoshli Sh.E., 30 yoshli S.Yu. hamda haydovchi A.Sh. va uning boshqaruvida bo‘lgan Cobalt yo‘lovchisi 27 yoshli V.Sh.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan”, — deyiladi IIV YHXBB axborotida. Qayd etishlaricha, YTH yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar