Daryo

2021-yilning dastlabki eng kuchli smartfonlari nomi e’lon qilindi

Reytingning birinchi pog‘onasidan Vivo kompaniyasining iQOO 7 smartfoni o‘rin olgan

1 daqiqa o‘qish51 362 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

AnTuTu benchmarki 2021-yilning fevral oyi yakunlari bo‘yicha eng kuchli Android smartfonlar reytingni e’lon qildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. So‘nggi uch oy ichida Snapdragon 888 protsessorida ishlaydigan dastlabki smartfonlar chiqdi, shu sababli ro‘yxat o‘tgan yilning oxiridagi reytingdan ancha farq qilgan.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Reytingning birinchi pog‘onasidan Vivo kompaniyasining iQOO 7 smartfoni o‘rin olgan — u rekord darajadagi 727 ming ballni to‘plagan. Qolgan o‘rinlar nafaqat Snapdragon 888’da ishlaydigan smartfonlarga, balki boshqa chipli modellarga ham nasib etgan — Huawei va Samsung’ning yangi flagmanlari. Ro‘yxatdan ko‘rish mumkinki, bir xil chipga ega smartfonlarning natijalari turlicha. Gap shundaki, AnTuTu nafaqat protsessor va grafikning ishchaligini, balki qolgan qismlarining ham xususiyatini hisobga oladi. Shu sababli natijalarga tezkor va ichki xotira tezligi, shuningdek, optimizatsiya va energiyani tejash sozlamalari ta’sir ko‘rsatadi. “Benchmarkdagi ishlash samaradorligi yuqori bo‘lgan natijalar smartfon barqaror va qotmasdan ishlashini kafolatlamaydi. Ushbu testlar ma’lum bir hisoblashlar orqali qurilma quvvatini tekshiradi xolos”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Android’da ishlaydigan eng samarador o‘rtacha narxdagi smartfonlar reytingni e’lon qilindi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar