AnTuTu benchmarki jamoasi jahon bozoridagi o‘rta sinfga kiruvchi Android smartfonlarning 2020-yil dekabr oyi reytingini tuzib chiqdi. U AnTuTu’ning Xitoy uchun mo‘ljallangan muqobil reytingidan sezilarli darajada farq qiladi, deb yozadi IXBT.

Foto: IXBT

Birinchi o‘rin Kirin 985 platformasida ishlaydigan Honor 30 modeliga nasib etgan bo‘lib, u 404 970 ball to‘plagan. Ta’kidlash kerakki, mazkur model ketma-ket uch oydan buyon reytingda yetakchilik qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinda ham Kirin 985’ga asoslangan Huawei Nova 7 o‘rin olgan (402 080 ball). Kuchlik uchlikka MediaTek Dimensity 820 protsessorida ishlovchi Redmi 10X 5G 394 545 ball bilan yakun yasagan. Reytingning qolgan qismi quyidagi tartibda joylashgan:

  • Xiaomi Mi 10T Lite 5G — 331 796 ball;
  • Redmi K30 5G — 325 915 ball;
  • Xiaomi Mi 10 Lite 5G — 323 260 ball;
  • Huawei Nova 7i — 313 322 ball;
  • Realme 7 — 297 910 ball;
  • Redmi Note 8 Pro — 292 901 ball;
  • Realme 6 — 291 109 ball.

Foto: AnTuTu

Xiaomi Mi 10T Lite 5G va Redmi 10X 5G AnTuTu’ning ushbu reytingida birinchi bor paydo bo‘lgan.

Ma’lumotlar o‘tgan yilning 1—31-dekabr oraliqlarida to‘plangan. Ta’kidlanishicha, jadvalda eng yuqori emas, o‘rtacha natijalar ko‘rsatilgan, shu bilan birgan har bir model uchun kamida 1000 ta test natijadan foydalanilgan.

Avvalroq AnTuTu benchmarki 2020-yilning eng kuchli smartfonlari nomini e’lon qilgandi.