Daryo

Eng yaxshi smartfon — OnePlus 8 Pro, eng yaxshi kamerafon — Huawei P40 Pro. EISA mukofoti g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi

Yevropa audio va videotexnika bo‘yicha jurnallar assotsiatsiyasi 12 yo‘nalish bo‘yicha 2020—2021-yildagi eng yaxshi qurilmalar ro‘yxatini taqdim etdi

1 daqiqa o‘qish29 308 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Yevropa audio va videotexnika bo‘yicha jurnallar assotsiatsiyasi (EISA) 12 yo‘nalish bo‘yicha 2020—2021-yildagi eng yaxshi qurilmalar ro‘yxatini taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: “Dgl.ru”

Joriy yilgi ro‘yxat ancha qiziqarli tus olgan. Masalan, yilning eng yaxshi smartfoni deya OnePlus 8 Pro tan olingan. Eng zamonaviy smartfon nomi esa Oppo Find X2 Pro’ga, ya’ni konsern bo‘yicha OnePlus 8 Pro’ning qarindoshiga nasib etgan.

EISA mutaxassislarining fikricha, smartfon bozorida eng yaxshi kamera Huawei P40 Pro modeliga tegishli deb topilgan, eng yaxshi egiluvchan ekranga ega smartfon nomiga esa Samsung Galaxy Z Flip sazovor bo‘lgan. Sony Xpreia 1 II “Eng yaxshi multimedia smartfoni” deya e’tirof etilgan.

Foto: IXBT

Eng yaxshi qoplamali naushnik nomi Bowers & Wilkins PX6’ga nasib etgan bo‘lsa, eng yaxshi to‘liq naushnik deya Dali IO-6 tanlangan, eng yaxshi ichki kanalli esa Sennheiser Momentum True Wireless 2.

Shuningdek, ro‘yxatdan Huawei Watch GT 2 (eng yaxshi “aqlli” soat), FiiO M11 Pro (eng yaxshi mobil audiopleyer), LG XBoom Go PL7 (eng yaxshi portativ kolonka) va AudioQuest Dragonfly Cobalt (naushniklar uchun eng yaxshi kuchaytirgich) qurilmalari ham o‘rin olgan.

Mavzuga doir: Dunyodagi eng kuchli Android-smartfonlar nomi e’lon qilindi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar