Daryo

Internetda Xiaomi Mi 11 Pro va Mi 11 Pro+ smartfonlarining texnik tavsifiga oid ma’lumotlar anonsdan oldin tarqalib ketdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi’ning yangi modellariga 6,81 dyuymli displey va Snapdragon 888 protsessori o‘rnatiladi

1 daqiqa o‘qish37 138 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

IXBT xitoylik manbalariga tayanib, Xiaomi Mi 11 Pro va Mi 11 Pro+ smartfonlarining batafsil texnik tavsifi va narxlarini e’lon qildi.

Foto: Gizchina

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 11 Pro 2K sifat hamda tasvirning 120 gertsli yangilanish chastotasiga ega 6,81 dyuymli displey va Snapdragon 888 protsessoriga ega bo‘ladi. Asosiy kamera sifatida tasvirni optik barqarorlashtiruvchi 50 megapikselli Samsung GN2, 48 megapikselli Sony IMX586/598 va 5 karra optik zumga ega yana bir 48 megapikselli Sony IMX 586 o‘rnatiladi. Frontal kamera esa 20 megapikselni tashkil etadi.

Akkumulyator sig‘imi 500 mA/soat bo‘lib, 67 vattli simli va simsiz quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, NFC, ekran ostidan o‘rin oladigan barmoq izi skaneri, Wi-Fi 6R, Bluetooth 5.2, IK-port va Harman/Kardon dinamiklari ham mavjud. 8/256 gigabaytli bazaviy versiya narxi 775 dollarni, 12/256 gigabaytli versiyasi esa 835 dollarni tashkil etadi.

Foto: IXBT

Xiaomi Mi 11 Pro+ ham xuddi shu kabi displey, bir kristalli Snapdragon 888, shuningdek, asosiy kamerasi yuqoridagidek bo‘lgan datchiklarga ega bo‘ladi. Ular orasidagi farq 10 karrali optik zum va 2 karrali optik zumga ega qo‘shimcha 12 megapikselli modulda. Frontal kamerasi esa 32 megapikselga teng bo‘ladi.

Akkumulyator sig‘imi 5000 mA/soatga teng bo‘lib, 120 vattli simli va 67 vattli simsiz quvvatlanish funksiyasiga ega. Telefon IP68 standarti bo‘yicha himoyalanadi.

Mazkur modelning 8/256 va 12/256 gigabaytli versiyalari mos ravishda 865 va 930 dollar atrofida bo‘ladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar