Daryo

Toshkentda Nexia avtobusga urilib, uni ag‘darib yubordi. Ikki kishi jabrlangan

Hodisa guvohlarining qayd etishicha, Nexia’ning tezligi yuqori bo‘lgan, avtobus esa qayrilib olayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish103 282 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Olmazor tumanida 7-mart kuni soat 23:40 atrofida shahar jamoat transporti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Voqea Beruniy—Forobiy ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB).

Ma’lum bo‘lishicha, 1986-yilda tug‘ilgan A.E. o‘z boshqaruvidagi Nexia’ni svetoforning qizil chirog‘ida harakatlantirishi oqibatida yashil chiroqda chorrahaga kirib kelayotgan, 1960-yilda tug‘ilgan I.V. boshqaruvidagi Isuzu avtobusi (8-avtobus saroyiga tegishli) bilan to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuv sabab avtobus ag‘darilgan. YHXBBning qayd etishicha, hodisa oqibatida Nexia haydovchisiga va yo‘lovchisi — 29 yoshli N.K.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hodisa yuz bergan vaqtda avtobus salonida yo‘lovchilar bo‘lganmi yoki yo‘q — bunga aniqlik kiritilmagan.

“Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV YHXBB axborotida.

Mavzuga doir: Toshkentning Rustaveli ko‘chasida yuz bergan YTHda Cobalt “uchib”, boshqa Cobalt’ning ustiga tushdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar