Daryo

Samarqandda Spark haydovchisi piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan

Avariya piyodaning yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tgani va Spark haydovchisi tezlikni oshirgani oqibatida yuzaga kelgan

1 daqiqa o‘qish48 694 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Samarqand viloyatida tezlikni me’yoridan oshirgan Spark haydovchi yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi ayol voqea joyida vafot etgan, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 26-fevral kuni soat 17:30 larda Urgut, Bulung‘ur shaharlari va M-39 avtomobil yo‘lini bog‘lovchi 4R-47 avtomobil yo‘lining 65—66-kilometrlari oralig‘ida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Avariya piyodaning yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tgani va Spark haydovchisi tezlikni oshirgani oqibatida yuzaga kelgan. Me’yoridan ortiq tezlikda harakatlangan haydovchi vaqtda to‘xtashga ulgurmay qolgan.

Holat yuzasidan Urgut tuman IIO FMB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda Nexia-2 yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yuborgani, Samarqandda Damas yo‘lni kesib o‘tayotgan mast piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgani, Farg‘onada Lacetti 8 yoshli o‘quvchini urib yuborishi oqibatida qizaloq shifoxonada vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish taklif etilmoqda

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar