Daryo

Turkiya sayyohlar uchun mamlakatga kirish cheklovini 26-maygacha uzaytirdi

Turkiya hukumati mamlakatga kelayotgan sayyohlardan koronavirus uchun manfiy natijali test ma’lumotnomasini talab qilish muddatini yana uzaytirdi

1 daqiqa o‘qish22 583 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya hukumati mamlakatga kelayotgan sayyohlardan koronavirus uchun manfiy natijali test ma’lumotnomasini talab qilish muddatini yana uzaytirdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, havo kemasi mamlakatga uchuvchi aviakompaniyalar faqatgina ushbu hujjatga ega bo‘lgan sayyohlarni samolyot bortiga chiqish uchun ruxsat beradi. Cheklov 26-maygacha amal qiladi.

Test parvozdan avvalgi 72 soat ichida o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bunday ma’lumotnoma shart emas.

Shuningdek, test natijasi uchinchi mamlakatga sayohat qiluvchi tranzit yo‘lovchilardan ham talab qilinmaydi.

Bundan avval Turkiya va Shveysariyada mart oyidan boshlab COVID-19 cheklovlari yumshatilishi, Shvetsiyada koronavirus sabab joriy qilingan cheklovlar 7-martga qadar uzaytirilgani hamda Gruziyada karantin cheklovlari olib tashlanishi hamda mamlakat 1-martdan sayyohlarni qabul qilishni boshlagani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar