Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya va Shveysariya hukumati koronavirus sabab o‘rnatilgan cheklovlarni mart oyidan boshlab yumshatmoqchi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Turkiyada koronavirus sabab joriy qilingan cheklovlar yumshatiladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Qayd etilishicha, Turkiyada cheklov choralari mart oyidan boshlab, epidemiologik vaziyatga qarab, bosqichma-bosqich yumshatiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 17-fevral, chorshanba kuni ma’lum qilgan.

Turkiyada ish kunlari soat 21:00 dan 05:00 gacha, juma kuni soat 21:00 dan dushanba soat 05:00 gacha komendantlik soati amalda. Bundan tashqari, Turkiyada jamoat joylarida niqob taqish rejimi va ijtimoiy masofani saqlash qoidalari mavjud. Restoranlar, kafelar, tungi klublar va boshqa ko‘ngilochar muassasalar yopiq, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida esa faqat yetkazib berish va o‘zi bilan olib ketish xizmati mavjud.

“Koronavirusga qarshi kurashning dinamikasi va yutuqlarimizga asoslanib, mart oyining boshida biz cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlashni boshlaymiz. Mintaqalarni xavf darajasiga qarab to‘rt toifaga ajratamiz.

Dam olish kunidagi komendantlik soati bosqichma-bosqich bekor qilinishidan boshlab, har bir viloyatda ushbu toifalar uchun alohida qarorlar qabul qilinadi”, — dedi Erdo‘g‘on jurnalistlarga.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yaqin kunlarda restoran, kafe va boshqa ovqatlanish shoxobchalarini ochish bo‘yicha yo‘l xaritasi jamoatchilikka ma’lum qilinadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada allaqachon 5,5 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi emlangan.

Bundan tashqari, “Izvestiya”ning xabar berishicha, Shveysariya hukumati 1-martdan boshlab koronavirus infeksiyasi tufayli qo‘yilgan cheklovlarni yumshatadi. Bu haqda 17-fevral, chorshanba kuni mamlakat hukumati saytida xabar berildi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Do‘konlar, muzeylar, kutubxonalarni ochish, shuningdek, odamlarning sport va ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurishiga ruxsat berish rejalashtirilgan.

“Eng ko‘pi bilan 15 kishidan iborat shaxsiy tadbirlar yana ochiq havoda o‘tkazilishi mumkin. 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar yana ko‘pgina sport va madaniy tadbirlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak”, — deyiladi hukumat xabarida.

Ta’kidlanishicha, cheklovlarni yumshatish bo‘yicha yakuniy qaror federal kengash tomonidan 24-fevral kuni kanton (shtat)lar bilan maslahatlashgandan so‘ng qabul qilinadi.

Avvalroq Isroil karantin cheklovlarini yumshatishni boshlashi hamda Germaniya karantin cheklovlarini 7-martgacha uzaytirgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?