Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shvetsiya hukumati COVID-19 kasalligi tarqalishining oldini olish uchun o‘rnatilgan cheklovlarni 7-martga qadar uzaytirdi. Bu haqda bosh vazir Stefan Lyoven 18-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda “Izvestiya”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Mamlakatning ko‘plab hududlarida COVID-19 bilan kasallanganlarning soni ko‘paymoqda. Sog‘liqni saqlash agentligi uchinchi to‘lqin xavfi mavjudligini taxmin qilmoqda. Biz buni jiddiy qabul qilishimiz kerak”, — deydi Stefan Lyoven.

Qayd etilishicha, mamlakatda sport zallari, suzish havzalari va muzeylar yopiq qoladi. Bosh vazir barcha ish beruvchilarni xodimlarga uyda ishlashi uchun ruxsat berishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya hukumati 18-dekabr kuni koronavirus tufayli cheklovlar joriy qildi. Shu kundan boshlab tig‘iz soatlarda transportda niqob taqish shart hisoblanadi. 24-dekabrdan boshlab spirtli ichimliklarni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan keyin sotish taqiqlangan, do‘konlarda xaridorlar, savdo markazlariga va sport zallariga tashrif buyuruvchilar soni cheklangan.

Nashrning ta’kidlashicha, Shvetsiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini 2020-yilning dekabr oyi oxirida avjiga chiqqan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Shvetsiyada koronavirus bilan kasallangan soni 622 102 kishiga yetgan. Bemorlarning 12 569 nafari vafot etgan.

Bundan avval Germaniya ham karantin cheklovlarini 7-martgacha uzaytirgani, Italiyada koronavirusning yangi shtammi tufayli cheklovlar kuchaytirilgani hamda Turkiya va Shveysariyada mart oyidan boshlab COVID-19 cheklovlari yumshatilishi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi