Daryo

Nigeriyada jangarilar BMT bazasini yoqib yubordi

Hujum payti BMTning 25 ta xodimi bunker ichiga yashiringan

1 daqiqa o‘qish25 878 ko‘rishlar0 izoh0

IShIDga aloqador jangarilar Nigeriyaning shimoli-sharqida joylashgan BMT bazasiga hujum qildi. Bu haqda Agence France-Presse (AFP) nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Trend.az”

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar Borno shtatining Dikva shahrida joylashgan bazaga hujum qilgan va yoqib yuborgan. Hujum payti BMTning 25 ta xodimi bunker ichiga yashiringan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum “Islom davlatining G‘arbiy Afrika provinsiyasi” (sobiq “Boko Haram”) nomli to‘da jangarilari tomonidan uyushtirilgan.

Hodisa tafsilotlari va vaziyat o‘rganilmoqda. Shuningdek, hujumni bartaraf qilish uchun voqea joyidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Marte shahridan harbiy kuchlar kutilmoqda.

Avvalroq Nigeriyada jinoyatchilar maktabga hujum uyushtirib, 300 nafardan ortiq o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar