Surxondaryo viloyatining Denov tumanida opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun qotil yolladi. Bu haqda viloyat televideniyesi lavhasida xabar qilindi, deb yozmoqda “Xabar.uz”.

Unga ko‘ra, opa-ukalar muqaddam sudlangan va jazoni o‘tab chiqqan fuqaroni bu ishga jalb etishga harakat qilgan va “ish” bitgandan so‘ng 3 million so‘m berishni va’da qilgan.

Ammo “killer” o‘z vaqtida bu haqda IIB xodimlariga ma’lum qilgan. Natijada sahnalashtirilgan “qotillik”dan so‘ng asl aybdorlar ushlangan.

Ayni vaqtda ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.