Daryo

Samsung kompaniyasining yuqori va pastga siljiydigan Galaxy A82 slayderini sifatli tasvirlari e’lon qilindi

Yig‘ilgan holatda smartfon oddiy monoblok ko‘rinishida, biroq yuqori paneli pastga siljitilsa, foydalanuvchilar frontal kameraga ega bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish27 892 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: LetsGoDigital

Samsung Electronics kompaniyasi Patentlar va tovar belgilari byurosiga yuqori paneli bitta o‘qda ikkala yo‘nalish bo‘ylab harakatlana oladigan yangi smartfonining hujjatlarini topshirdi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: LetsGoDigital

Yig‘ilgan holatda smartfon oddiy monoblok ko‘rinishida, biroq yuqori paneli pastga siljitilsa, foydalanuvchilar frontal kameraga ega bo‘ladi. Ekran yuqoriga siljitilgan taqdirda u yerda AKG mutaxassislari tomonidan sozlangan katta dinamikka duch kelish mumkin.

Foto: LetsGoDigital

Dizayner Sarang Shet patent tasvirlaridan foydalangan holda LetsGoDigital bilan birgalikda bozorga Samsung Galaxy A82 nomi ostida chiqadigan qurilmani qator renderlari seriyasini taqdim etdi.

Foto: LetsGoDigital

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda taqdim etilgan Samsung Galaxy A80 sirpanadigan va buriladigan noyob kamera konstruksiyasiga ega bo‘lgan edi. Bu ekranning yuqori hoshiyasini juda ingichka qilish imkonini bergan.

Mish-mishlarga qaramay, Samsung Galaxy A81 smartfoni taqdim etilmadi. Manbalarga ishoniladigan bo‘lsa, 2021-yilda Samsung noyob dizaynga ega Galaxy A82’ni taqdim etishi mumkin, biroq hozirda ushbu ma’lumotlar shunchaki mish-mish sifatida baholanmoqda.

Avvalroq Xiaomi noodatiy dizaynga ega “smartfon-slayder”ni namoyish etgani, shuningdek, Vivo siljiydigan kameraga ega yangi flagmanini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Oppo X 2021 “rulon-smartfoni” yangi “jonli” kadrlarda namoyish etildi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar