Daryo

Oppo X 2021 “rulon-smartfoni” yangi “jonli” kadrlarda namoyish etildi

Smartfon ichida bir tomonidan xuddi truba shaklida o‘rash mumkin bo‘lgan displey joylashgan

1 daqiqa o‘qish32 404 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Internetda Oppo’ning “rulon-smartfoni” tasvirlangan yangi kadrlar paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Twitter

Smartfon ichida bir tomonidan xuddi truba shaklida o‘rash mumkin bo‘lgan displey joylashgan. Korpusning o‘zi esa slayder konstruksiyasiga ega. Internetda tarqalgan yangi videoda bu kabi konstruksiya yordamida qurilmaning qanday ishlashi namoyish etilgan.

https://twitter.com/BenGeskin/status/1359896937839919110

Yig‘ilgan holatda Oppo X 2021 smartfonining displeyi 6,7 dyuymni tashkil etadi. Yoyilgan holatda esa u kichikroq displeyni yodga soladi — diagonali 7,4 dyuym. Bu video tomosha qilish, kitob o‘qish yoki o‘yin o‘ynash uchun qulay hisoblanadi.

Avvalroq Xiaomi 2021-yilda egiluvchan ekranga ega uchta smartfonni taqdim etishi, LG kompaniyasi o‘zining Rollable “rulon-smartfonini” 2359 dollar qiymatida sotuvga chiqarishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: CES 2021: Qog‘oz kabi o‘raladigan 17 dyuymli planshet namoyish etildi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar