Facebook’da Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida “raqsga tushayotgan” chug‘urchuqlarning videosi paydo bo‘ldi.

Kadr: Facebook

Ijtimoiy tarmoqning Nikolay Yugay ismli foydalanuvchisi osmonda aqlbovar qilmas shakllarni hosil qilayotgan ulkan qushlar to‘dasi tasvirlangan video bilan bo‘lishgan va uning ostida “Chimboy tumani 22.02.2021. Ajoyib qushlar nimadir demoqchimi?”, — deya izoh qoldirgan.

Mazkur tabiat hodisasi murmuratsiya deb ataladi. Bunda minglab qushlar ulkan to‘da bo‘lib, osmonda g‘ayrioddiy dinamik shaklni hosil qiladi. Bu kabi qush “bulutlari” kutilmagan tomonga uchishi, qismlarga ajralib, yana birlashishi va soatiga 40 kilometrgacha harakatlanishi mumkin.