Daryo

Funchoza va sabzavotlardan tayyorlangan oddiy salat

Oson tayyorlanadigan mazali funchoza salatini oila a’zolaringiz va farzandlaringiz uchun quyidagi retsept asosida tayyorlab bering

1 daqiqa o‘qish44 032 ko‘rishlar0 izoh1
Foto: lifehacker.ru

Funchoza, sabzi va yangi bodringlar, sarimsoqpiyoz, yashil piyoz hamda xushbo‘y hidli koreys ziravorlari – bular sizning sevimli mahsulotlaringizmi? Unda quyidagi retsept aynan siz uchun!

Foto: “lifehacker.ru”
Kerakli mahsulotlar:
  • funchoza — 100 gr;
  • piyoz — 2 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 100 ml;
  • sabzi — 3 dona;
  • tuz – ½ choy qoshiq;
  • koreys ziravorlari — 1 osh qoshiq;
  • uksus 9% — 2 choy qoshiq;
  • sarimsoqpiyoz — 5 dona;
  • bodring – 1–2 dona;
  • yashil piyoz – ta’bga qarab;
  • kunjut – ta’bga qarab.
Xohishga ko‘ra, soya sousi ham qo‘shish mumkin. Tayyorlanish jarayoni:
  • funchozaga issiq suv quyib, 5–7 daqiqagacha shu holatda qoldiring;
  • piyozni to‘g‘rang, qizigan yog‘ga soling va qizargunga qadar qovuring;
  • sabzini tozalab, qirg‘ichdan chiqaring;
  • sabziga tuz, ziravorlar, sirka va maydalangan sarimsoqpiyozni qo‘shing, piyozni tovadan oling. Sovugach, uni ham sabzili aralashmaga qo‘shing;
  • funchozani suvdan suzib oling va sovuting;
  • bodringni ham qirg‘ichdan o‘tkazing;
  • sabzi, bodring va to‘g‘ralgan yashil piyozni aralashtiring. Xohlasangiz, soya sousini qo‘shishingiz ham mumkin;
  • tayyor salatga kunjut qo‘shing;
  • ishtaha ochar salatimizni shu vaqtning o‘zida dasturxonga torting yoki muzlatgichda sovutib oling.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar