Daryo

Nozik ta’mni qadrlovchilar uchun: “Praga” torti retsepti

Nozik ta’mni qadrlaydiganlar uchun yana bir ajoyib shirinlik retseptini taqdim etamiz

2 daqiqa o‘qish65 236 ko‘rishlar0 izoh1
Foto: “Domashniy ochag”

Nozik ta’mni qadrlaydiganlar uchun yana bir ajoyib shirinlik retseptini taqdim etamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

Biskvit uchun:
  • tuxum — 6 dona;
  • shakar — 150 g;
  • un — 115 g;
  • sariyog‘ — 40 g;
  • kakao — 25 g;
  • suv — 20 ml.
Krem uchun:
  • quyultirilgan sut — 120 g;
  • sariyog‘ — 200 g;
  • kakao — 10 g;
  • vanil shakari — 1 paket
Sirop uchun:
  • suv — 100 g;
  • shakar — 70 g;
  • choy — 2 choy qoshiq;
  • o‘rikli murabbo yoki jem — 3-4 osh qoshiq.
Glazur uchun:
  • shokolad — 70 g;
  • sariyog‘ — 50 g.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Biskvit tayyorlab olish uchun 6 ta tuxumning sarig‘ini oqidan ajratib oling. Tuxum sarig‘i och rangga kirguncha, shakar bilan ko‘pirtiring.
  2. Tuxum oqini ham ko‘pirtirib, yaxshilab qotgach, oz-ozdan shakar qo‘shing.
  3. Ko‘pirtirilgan tuxum oqiga tuxum sarig‘ini solib, astalik bilan bir yo‘nalishda aralashtiring.
  4. Un va kakaoni tuxumli massaga qo‘shib, tepadan pastga qilib aralashtiring.
  5. Sariyog‘ni eritib, soviting. Uni ham idishdagi massaning bir chetidan quyib, sekin aralashtiring.
  6. Pech patnisiga qandolat qog‘ozi solib, biskvit qolipiga tayyor massani quying va ustini tekislang. Biskvitni 200 darajali issiqlikdagi pechga 30 daqiqaga qo‘ying.
  7. Kremini tayyorlash uchun chuqurroq idishga tuxum sarig‘i va sovuq suv solib, aralashtiring. Unga quyultirilgan sut qo‘shib, past olovga qo‘ying va yaxshilab quyulguncha, tinmay aralashtiring.
  8. Sariyog‘ni vanil shakari bilan birga yaxshilab ko‘pirguncha mikserlang. Keyin unga sekin-astalik bilan sirop va 10 g kakaoni soling. Bir tekis bo‘lguncha mikserlashda davom eting.
  9. Sirop uchun 100 ml damlangan choyga shakar soling. Biskvitni 3 ga bo‘lib, bo‘laklarni sirop bilan namlang.
  10. Sirop shimdirilgan bo‘lakka kremning yarmini surting, ikkinchi bo‘lakni birinchi bo‘lak ustiga qo‘ying va qolgan kremni ham surting. Uchinchi bo‘lak ustiga o‘rik murabbosi surting va 20 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying.
  11. Shokolad va sariyog‘ni mikroto‘lqinli pechda yoki suv hammomida eritib oling. Tort ustini glazur bilan qoplang. Biroz qotgach, glazurni qandolat qopchasiga quyib, bezak bering.
Yoqimli ishtaha! Mazasi og‘izda eriydigan shirinliklar retsepti:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar