Daryo

Olchali qiyom qo‘shib tayyorlanadigan tvorogli shirinlik retsepti

Yumshoq xamir, tvorogli nachinka va mazali qiyom qo‘shib tayyorlangan pirog bayram dasturxoni uchun ham ayni muddao

1 daqiqa o‘qish29 678 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Gastronom”

Mazasi og‘izda qoladigan ushbu shirinlik siz va oila a’zolaringiz uchun sevimli bo‘lishiga shubha yo‘q.

Foto: “Gastronom”
Kerakli mahsulotlar:
  • Sariyog‘ — 80 gr
  • Shakar — 2 osh qoshiq
  • Tuxum — 2 dona
  • Un — 1 stakan
  • Razrixlitel — 1 choy qoshiq
  • Tvorog — 500 gr
  • Vanilin kukuni — 4 choy qoshiq
  • Smetana — 100 gr
  • Olcha — 300 gr
  • Kartoshka kraxmali — 1,5 osh qoshiq
Tayyorlanish jarayoni:
  • Eritilgan sariyog‘ga 2 osh qoshiq shakar va 1 dona tuxum qo‘shib aralashtiring.
  • 1 stakan un va 1 razrixlitel qo‘shing.
  • Xamirni qo‘lingiz yordamida yoyib chiqing.
  • Nachinka tayyorlash uchun 100 gr tvorogga 1 ta tuxum, 100 gr shakar, 4 choy qoshiq vanilin kukuni, shuningdek, 100 gr smetana qo‘shib aralashtiring.
  • Nachinkani xamir ustiga soling va 180 daraja qizigan pechda 35 daqiqa davomida pishirib oling.
  • 300 gr barra yoki muzlatilgan olchaga 3 osh qoshiq shakar va 1,5 qoshiq kraxmal qo‘shib, past olovda quyilgunicha pishirib oling.
  • Qiyom soviganidan keyin tvorogli pirog ustiga soling va yana 10 daqiqaga pechga qo‘ying.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.