Daryo

Yoqimli ta’mga ega murabboli pechenye tayyorlab ko‘ring

Shirinlikni xush ko‘ruvchilar uchun navbatdagi ajoyib retsept

1 daqiqa o‘qish37 318 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Avstraliyada shirinliklar an’anaviy tarzda murabbo bilan tayyorlanadi. Bu kabi mazali pechenyelar so‘ngra bayramga sovg‘a sifatida taqdim etiladi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • shakar upasi — 130 gramm;
  • sariyog‘ — 220 gramm;
  • tuxum sarig‘i — 1 dona;
  • vanilin — 1 choy qoshiq;
  • un — 350 gramm;
  • murabbo — 220 gramm;
  • tuz.
Tayyorlanish jarayoni:
  • shakar upasi bilan sariyog‘ mikserda aralashtiriladi;
  • ustidan tuxum sarig‘i va vanilin qo‘shiladi hamda aralashtirishda davom etiladi. Un va tuz qo‘shilgach yumshoq xamir tayyorlanadi;
  • xamir teng ikkiga bo‘linadi va 20—30 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi;
  • xamirning ikkala qismi o‘rtacha qalinlikda yoyilib, yarmi dumaloq qoliplar yordamida bo‘laklarga bo‘linadi. Qolgani esa yurakcha shakli bor bo‘lgan qolip bilan bo‘laklarga bo‘linadi;
  • dumaloq xamir ustiga yurakchali xamir terib chiqiladi;
  • shirinliklar qolip ustiga qo‘yiladi va qizdirilgan pechda 10—12 daqiqa pishiriladi. So‘ngra sovitishga qo‘yiladi;
  • yurakchalar ichi murabbo bilan to‘ldiriladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar