Daryo

Mazasi og‘izda eriydi: “Graflik xarobalari” torti retsepti

Tortda bezening yengil qirsillashi va kremning nozik ta’mi ajoyib tarzda uyg‘unlashgan

1 daqiqa o‘qish41 482 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehiker

Tortda bezening yengil qirsillashi va kremning nozik ta’mi ajoyib tarzda uyg‘unlashgan. Mazkur shirinlik oila a’zolaringizga yoqishi shubhasiz.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • Tuxum — 3 dona;
  • Tuz —bir chimdim;
  • Shakar — 200 gr;
  • Limon sharbati — 1 osh qoshiq;
  • Makkajo‘xori kraxmali — 1 choy qoshiq;
  • Sariyog‘ — 200 gr;
  • Quyultirilgan sut — 250 gr;
  • Grek yong‘og‘i — 100-150 gr;
  • Shokolad — ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Tuxum oqini sarig‘idan ajratib olamiz.
  2. Bir chimdim tuz solib, tuxum oqini ko‘pirtiramiz. Ko‘pik qotgach oz-ozdan shakar solamiz va yana mikserlashda davom etamiz.
  3. Ko‘pirtirilgan tuxum oqiga limon sharbati solib, yana mikserlaymiz. So‘ngra kraxmalni ham solamiz.
  4. Tayyor massani konditer qopchasiga solib, qandolat qog‘ozi solingan pech patnisiga quyib chiqamiz.
  5. Bezelarni 110 daraja issiqlikdagi pechda 2-2,5 soat pishirib olamiz.
  6. Yumshagan sariyog‘ni mikserlaymiz va unga oz-ozdan quyultirilgan sut qo‘shamiz.
  7. Yong‘oqni maydalab, shokoladni eritib olamiz.
  8. Tayyor bo‘lgan bezelarga krem surtib, idishga dumaloq qilib terib chiqamiz, chetlariga yong‘oq sepamiz.
  9. Har gal diametrni kichraytirgan holda bezelarni taxlab, bo‘sh joylarini krem bilan yopamiz.
  10. Tort ustiga yong‘oq sepib, shokolad quyamiz va 2-3 soatga muzlatkichga qo‘yamiz.
Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar