Daryo

Texasda milliondan ortiq aholi sovuq havo va bo‘ron sababli chiroqsiz qoldi

Shtatda shamol parraklarining yarmi muzlab qolishi oqibatida ishdan chiqqan. Bu esa 12 ming megavatt elektr energiyasining yo‘qolishiga olib kelgan

1 daqiqa o‘qish20 438 ko‘rishlar0 izoh0

AQShning Texas shtatida milliondan ortiq aholi sovuq havo va qor bo‘roni tufayli elektr energiyasidan uzilib qoldi. Bu haqda maxsus “Poweroutage.com” portaliga asoslanib “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Reuters

Portalning ma’lumot berishicha, 15-fevral holatiga ko‘ra, Texasda 12 million aholining 1 million 75 ming 85 nafari chiroqsiz qoldi.

Texas elektrotexnika qurilmalari ishonchliligi muammolari bo‘yicha kengash (ERCOT) 14-fevral, yakshanba kuni xabar berishicha, shtatda shamol parraklarining yarmi muzlab qolishi oqibatida ishdan chiqqan. Bu esa 12 ming megavatt elektr energiyasining yo‘qolishiga olib kelgan. Bundan tashqari, elektrostansiyada gaz yetkazib berish cheklangan.

Shuningdek, bo‘ron paytidagi kuchli shamol tufayli Meksika ko‘rfazi sohilidagi muzlamay qolgan shamol parraklari kutilganidan ko‘ra ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqaryapti. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar