Daryo

“Kiyik boquvchilar” va Arktikadagi Quyosh tutilishi: 2020-yilning eng yaxshi sayohat mavzusidagi suratlari (foto)

Ispaniyalik suratchi Jorji Koenning ishlari esa “Sayohatchining portfoliosi” yo‘nalishida e’tirofga sazovor bo‘lgan

3 daqiqa o‘qish29 266 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Travel Photographer of the Year 2020 tanlovining g‘oliblari aniqlandi. Unda ishtirokchilar hakamlar hay’ati sayyoraning turli burchaklarida olingan suratlarini taqdim qilgan. Rossiyalik Vladimir Alekseyev “Yil sayohat fotosuratchisi” deb topilgan. Quyida tanlovga taqdim qilingan va eng yaxshi deb topilgan suratlar ketma-ketligini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: “RIA Novosti”

Vladimir Alekseyevning Yamalda olingan “Kiyik boquvchilar” surati

Foto: “RIA Novosti”

Vladimir Alekseyev, shuningdek, 2015-yildagi quyosh tutilishini Shpitsbergenda kadrga muhrlagan va ushbu surat ham eng yaxshilardan biri deb topilgan.

Foto: “RIA Novosti”

15—18 yoshlilar orasida “Yil sayohat fotosuratchisi” deb amerikalik 17 yashar Ben Skaar topilgan. Nyu-Gempshir tog‘laridan turib ushbu manzarani kadrga muhrlash uchun ikki kecha mashinada tunashiga to‘g‘ri kelgan.

Foto: “RIA Novosti”

“Yilning eng yosh sayohat fotosuratchisi” deb pokistonlik 12 yashar Indigo Lamur topilgan. U tomonidan olingan suratda Laxorda joylashgan Vazir Xon masjidini oq-qora ranglarda ko‘rish mumkin.

Foto: “RIA Novosti”

14 yoshgacha bo‘lgan “Eng yaxshi sayohat yo‘nalishidagi fotosuratchi” deb esa ispaniyalik 11 yashar Migel Sanches Garsiya topilgan. Multiekspozitsiya uslubidagi surat 8 ta kadrdan tashkil topgan.

Foto: “RIA Novosti”

“Hayot ranglari” yo‘nalishi bo‘yicha esa britaniyalik Piter Uolsmi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Uning Bangalorda joylashgan bozorning tepasidan olgan kadrida ranglar umumlashmasi va odamlar bilan gavjum ko‘chani ko‘rish mumkin.

Foto: “RIA Novosti”

“Peyzajlar va yerdagi elementlar” yo‘nalishi bo‘yicha esa italiyalik Alessandro Karboni eng yaxshi deb topilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Akula va baliqlarni kadrga muhrlashga muvaffaq bo‘lgan gretsiyalik Pavlos Yevangelidis “Tabiat, dengiz hayoti va yovvoyi olam” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Foto: “RIA Novosti”

“Olamdagi odamlar” yo‘nalishi bo‘yicha esa fotojurnalist Muneb Taim eng yaxshi deb topilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Britaniyalik Devid Nyutonning qoyaga urilgan suv toshqinlarini kadrga muhrlagani ham hakamlar hay’atining diqqatini tortmay qolmagan.

Foto: “RIA Novosti”

Ispaniyalik suratchi Jorji Koenning ishlari esa “Sayohatchining portfoliosi” yo‘nalishida e’tirofga sazovor bo‘lgan.

Foto: “RIA Novosti”

Avstraliyalik Jeyms Smart tomonidan olingan surat esa “Peyzajlar va yer elementlari” bo‘yicha g‘olib deb topilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Avstriyalik Marko Shtaynerning suratlari ham “Tabiat, dengiz hayoti, yovvoyi olam” yo‘nalishidagi eng yaxshi ishlardan biri bo‘lgan.

Foto: “RIA Novosti”

“Olamdagi odamlar” yo‘nalishida esa Eddi Verloesning suratlari eng yaxshi kadr deb topilgan.

Foto: “RIA Novosti”

iTravelled yo‘nalishi bo‘yicha esa telefon, planshet kamerasida suratga olingan suratlar orasidan eng yaxshi deb bangladeshlik Azim Xon Ronnining ishlari saralab olingan.

Foto: “RIA Novosti”

“Uy yaqinida olingan kadr” yo‘nalishida esa italiyalik Pyer Dodining suratlari hakamlar diqqatini tortgan.

Foto: “RIA Novosti”

Filippinlik Mark Entoni Agtay esa “Yolg‘izlik” yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan.

Foto: “RIA Novosti”
“Sayohatchining portfoliosi” yo‘nalishida esa britaniyalik Pol Sansom g‘olib deb topilgan.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.