Daryo

Irlandiyada koronavirus pandemiyasi sabab e’lon qilingan lokdaun aprelgacha uzaytirildi

“Biz Pasxa bayramiga qadar kuchaytirilgan cheklov choralarini saqlab turishimiz lozim”, – degan mamlakat bosh vaziri Mikal Martin

1 daqiqa o‘qish29 517 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: BBC

Irlandiya hukumati COVID-19 koronavirus infeksiyasi sabab joriy qilingan mamlakat miqyosidagi o‘z o‘zini yakkalash tartibini aprelgacha uzaytirdi. Bu haqda Irlandiya bosh vaziri Mikal Martin ma’lum qilgan, deb yozmoqda “Interfaks”.

Foto: BBC

“Biz Pasxa bayramiga qadar kuchaytirilgan cheklov choralarini saqlab turishimiz lozim”, – degan bosh vazir RTE telekanali efirida.

Martin ushbu davr uchun aniq harakatlar rejasini belgilab olish zarurligini qayd etib, hukumat uchun asosiy ustuvor yo‘nalish ta’lim muassasalari faoliyatini tiklash ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Worldometers statistik portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘raб Irlandiyada pandemiya davri davomida 205 mingta koronavirus bilan kasallanish holatlari kuzatilgan, 3 ming nafardan ortiq bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir: Britaniyaga “qora ro‘yxat”dagi mamlakatlardan tashrif buyuruvchilar uchun “COVID-mehmonxonalar” tashkil etiladi

Avval Peruda 31-yanvardan yangi lokdaun joriy qilingani, Janubiy Koreyada qat’iy karantin 14-fevralga qadar uzaytirilgani, Germaniyada esa karantin cheklovlari 7-martgacha uzaytirilgani, Latviya pandemiya tufayli ikki haftaga chegaralarini yopgani haqida xabarlar berilganвш.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar