Hozirda ular nafaqat o‘z yurtida, balki butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan yulduzlardir. Ammo bolaligida ular ham barcha kabi o‘yinqaroq, yig‘loqi yoki shirinliklarga o‘ch bo‘lgani aniq. Ehtimol, ular bolalik davridanoq tezroq ulg‘ayib, Bollivud yulduziga aylanishni orzu ham qilgandir. Albatta, ular bu borada muvaffaqiyatga erisha oldi.
Shohrux Xon

Bollivud qiroli Shohrux Xonni bolalikdagi suratiga qarab, faqat ko‘zlaridan tanib olish mumkin. Yillar o‘tsa ham, uning ko‘zidagi ma’no o‘zgarmagan.
Amir Xon

Ushbu aktyorning nafaqat ko‘zlari, balki quloq va tabassumi ham hanuzgacha bolalikdagidek. Amir Xon balki shuning uchun ham aktyorlik karyerasini yoshligidan boshlagan.
Abhishek Bachchan

Ma’lum bo‘lishicha, Abhishek bolaligida o‘qish va yozish borasida biroz muammoga duch kelgan. Ammo bu uning oliy ma’lumotli hamda taniqli aktyor bo‘lishiga to‘sqinlik qilmagan.
Ayshvariya Ray

Aktrisaning bolalikdagi suratiga qarab, uning kim ekanligini taxmin qilish mumkin. Lab, burun va ko‘zlar hamon o‘sha-o‘sha.
Akshay Kumar

Mana buni haqiqiy o‘zgarish desa bo‘ladi. Akshay Kumar bolaligida uzun va qora sochlari bilan go‘yoki qizaloqqa o‘xshagan. Ammo yillar o‘tib, jasur va mard aktyor sifatida tanildi.
Ranbir Kapur

Vaqt o‘tishi bilan butunlay tanib bo‘lmaydigan insonlar bor. Boshqalar esa deyarli o‘zgarmaydi. Ranbir ham ikkinchi toifaga ko‘ra, ko‘rinishi va nigohi, hattoki soch turmagi ham o‘zgarishsiz qolgan.
Shaxid Kapur

Suratdanoq bolakayning qaysarligi sezilib turibdi. Albatta, unga qarab, bir kuni Bollivud yulduzi bo‘lishiga ishonib bo‘lmas, ammo hammasi kutilmagan natijani berdi.
Karina Kapur

Karina bolaligidanoq xushchaqchaq va sertabassum qiz bo‘lgani uchunmi, uning aksariyat rollari ham shunday xarakterda.
Priyanka Chopra

Maktab yillaridanoq bayram tadbirlarida ishtirok etgan bo‘lajak yulduzning tabassumi o‘zgarishsiz qolgan.
Dipika Padukone

- Bolaligidanoq o‘z karyerasini boshlagan Bollivud yulduzlari (foto)
- Foto: Mashhur hind aktrisalarining kinolarda rol ijro etgan singillari
- Mehrga to‘la qalb egalari: Bollivudning xayriya bilan shug‘ullanadigan yulduzlari (foto)
- Bollivud yulduzlari suratga tushishdan tashqari bo‘sh vaqtlarida qanday mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi? (foto)
- Foto: Turmush qurganini uzoq vaqt sir saqlagan Bollivud yulduzlari
- Dipika Padukone, Priyanka Chopra: Bollivudning eng badavlat 10 aktrisasi (foto)








