Hind kinosanoatida yiliga yuzlab filmlar suratga olinishi va yangidan yangi chehralar paydo bo‘lishi mumkin. Lekin ularning hammasi ham og‘ir suratga olish jarayonlari, o‘ziga yarasha qiyinchiliklarga chidayvermaydi. Hammasini mardonavor yengib o‘tgan, tajribali, asosiysi, iste’dodli va go‘zal aktrisalar esa bora-bora mehnatiga yarasha aqlbovar qilmas darajadagi gonorarlarga ega bo‘ladi.
Dipika Padukone

“Om Shanti Om”, “Yangi yilingiz bilan” va boshqa bir qancha filmlardagi roli bilan mashhur bo‘lgan aktrisaning umumiy daromadi 45 million dollarni tashkil qiladi.
Priyanka Chopra

2000-yilda “Dunyo go‘zali” deb topilgan Priyankaning moliyaviy ahvoli 40 million dollar. Nafaqat, Hindiston balki boshqa mamlakatlarda ham tanilib ulgurgan aktrisa filmda suratga tushish uchun 12 kror (1,630 ming dollar), reklamada ishtirok etish uchun esa 5 kror (679 ming dollar) gonorar oladi.
Madxuri Dikshit

Dunyoning eng go‘zal ayollaridan biri hisoblanadigan Madxurining moliyaviy ahvoli 37 million dollarni tashkil qiladi. Yorqin iste’dod egasi, aktrisalik mahorati bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan aktrisa raqsga tushish va qo‘shiq kuylashni ham maromiga yetkazadi.
Ayshvariya Ray Bachchan

Umumiy daromadi 35 million dollar deb baholanadigan Ayshvariya suratga tushish uchun 10 kror (1,358 000 dollar) gonorar oladi. “Devdas”, “Jodha va Akbar” va boshqa mashhur filmlaridagi roli aktrisani eng talabgir kinosanoat vakillaridan biriga aylanishiga sabab bo‘lgan.
Priti Zinta

Priti bir necha yildan buyon suratga tushmay qo‘ygan bo‘lishiga qaramay, kinosanoatning eng badavlat aktrisalaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy ahvoli 30 million dollarni tashkil qilishiga uning IPL, Kings XI Punjab nomli kriket jamoalariga sarmoya kiritgani sabab bo‘lgan.
Vidya Balan

Karyerasini “Oilali ayol” filmida suratga tushishdan boshlagan Vidyaning moliyaviy ahvoli 27 million dollarni tashkil qiladi. 2005–2012-yilda u ishtirok etgan loyihalarning barchasiga tomoshabinlar va kinotanqidchilar tomonidan ijobiy baho berilgan. U mamlakatning madaniy rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun Padma Shri mukofotiga loyiq deb topilgan.
Anushka Sharma

Umumiy daromadi 25 million dollarni tashkil qiladigan Anushka “Pikey”, “Tangri yaratgan juftlik” va “Toki hayot ekanman” filmlaridagi rollari bilan yaxshi tanish. Sharmaga 7-9 kror (950-1,222 ming dollar) atrofida gonorar to‘lanadi.
Amrita Rao

Moliyaviy ahvoli 20 million dollarga baholanadigan Amrita “Sanjapurga marhamat”, “G‘alaba” filmlari bilan mashhur. U dunyoning eng latofatli ayollari 50 talik reytingidan o‘rin olgan.
Kajol Devgan

Moliyaviy ahvoli 16 million dollarga baholanadigan Kajol o‘zining ijro mahorati, iste’dodi va rollarga samimiy kirishishi bilan muxlislar qalbidan joy olgan. “O‘g‘irlanmagan kelin”, “Gohi shodlik gohi g‘am” va boshqa bir qancha filmlari bilan mashhur Kajol nafaqat ijod borasida, balki oilaviy hayotda ham omadli.
Sonam Kapur









