Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Har kim ham hayotda turlicha iz qoldiradi: ba’zilar tabassum, mehr va sog‘inch bilan eslanadi. Bu, albatta, harakatga bog‘liq. Qanday bo‘lmasin, yulduzlar ham nihoyatda band bo‘lishiga qaramay, yaxshilik qilish haqida unutmaydi. Tomoshabinlar esa sevimli yulduzlarining xayriya ishlari bilan shug‘ullanishidan mamnun. Quyida xayriya uchun pulini hamda vaqtini ayamaydigan Bollivudning eng mashhur yulduzlari bilan tanishish mumkin.

Shohrux Xon

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Bollivud qiroli Shohrux Xon ko‘p yillardan buyon xayriya ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Garchi aktyorning o‘zi bu haqda sir tutsada, ommadan buni yashirib bo‘lmaydi. U 10 dan ortiq jamoat tashkilotlarida, jumladan, bolalarga yordam berish uchun “Istak bildir” nodavlat fondida ishtirok etadi. Uning beminnat xayriya ishlari uchun aktyor BMT va YUNESKO mukofotlari bilan taqdirlangan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Devdas” filmining suratga olish jarayonida katta havo aylantirgich qurilmasi tomosha qilib turgan muxlis ustiga qulab tushgan va muxlis o‘sha yerda vafot etgan. Bunday vaziyatda biror kishini aybdor qilib bo‘lmas edi. Shunga qaramay, aktyor marhumning oilasidan uzr so‘rab, ularni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlagan. 2019-yilda esa Uttarxandagi toshqin vaqtida aktyor salkam 70 ming dollar xayriya qilgan.

Gul Kirat Panag

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Gul Kirat ulkan ijtimoiy ish bilan shug‘ullanadi. Gul ko‘pincha muhtojlarga pul yig‘ish tadbirlarini tashkil qiladi. U autizm bilan kasallangan yoshi kattalarning maktabi – “Shraddxa”da ishlaydi. Aktrisa homiylarning e’tiborini ushbu maktab o‘quvchilarining muammolariga qaratadi. Aktrisaning oilaviy “Col. Shamsher Singh Foundation” jamg‘armasi bir necha bor aholining turli toifalariga yordam bergan.

Amir Xon

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Amir Xon hamisha xayriya tadbirlarida ishtirok etadi. U ham Uttarxandagi qurbonlarga 47 ming dollar miqdorida xayriya qilgan. Shuningdek, mablag‘ yig‘ish kompaniyalariga o‘zi rahbarlik qilgan. O‘tgan yili aktyor “Devendra Fadnavis suvni tejash jamg‘armasi”ga 27 ming dollar miqdorida pul ajratdi. “Shunchaki xayriya qil” tashkiloti bilan birgalikda Amir Xon o‘zining “Amir Xon Fondi”ga asos solgan va YUNISEFning elchisi etib tayinlangan.

Salmon Xon

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Salmon Xon nafaqat janjallar, balki yaxshi amallar bilan ham mashhur bo‘lgan. Aktyor Hindistondagi eng yirik xayriya tarmoqlaridan biriga aylangan “Inson bo‘l” nomli fondga asos solgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Inson bo‘l”ning asosiy yo‘nalishi kam ta’minlangan oilalar farzandlarining bilim olishlariga imkon berishdir. Bundan tashqari, Salmon qariyalarga ham yordam berish uchun mablag‘ ajaratadi.

Ayshvariya Ray

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Bollivuddagi eng go‘zal aktrisaning qalbi ham o‘zidek go‘zal. Aktrisa muhtojlarga yordam berishni maqsad qilib, “Ayshvariya Ray fondi”ga asos solgan. Shuningdek, u hayvonlarni himoya qilish tashkilotiga ham yordam beradi. Bundan tashqari, aktrisa ko‘pincha mamlakatda ta’lim va sog‘liqni saqlash darajasini ko‘tarish bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)