Daryo

Bolaligidanoq o‘z karyerasini boshlagan Bollivud yulduzlari (foto)

Rishi Kapur 2 yoshidan filmlarda suratga tushgan

3 daqiqa o‘qish74 928 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Yandeks Dzen”

Keyinchalik hind kinolarining yulduziga aylangan aktyor va aktrisalarning ayrimlari bolaligidanoq kamera qarshisida ishlashni boshlagan.

Nargis

Foto: “Yandeks Dzen”

Hind kinematografiyasining eng taniqli aktrisalaridan biri Nargis “Haqiqatni izlab” filmida 6 yoshligida ekranga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. U bolakay Rani rolini ijro etgan. Aktrisa 1943-yil Mehbub Xonning “Taqdir” filmidan keyin mashhurlikka erishgan.

Madxubala

Foto: “Yandeks Dzen”

Madxubalaning birinchi filmi bengaliyalik rejissor Amiya Chakravartining “Bahor” dramasi edi. O‘sha paytda yulduz 9 yoshda bo‘lgan. Produser Devik Rani qizning aktyorligi va salohiyatiga qoyil qoldi va unga Madxubala taxallusini olishni maslahat bergan. Bungacha u Mumtaz nomi bilan tanilgan edi.

Mina Kumari

Foto: “Yandeks Dzen”

Mina Kumari Ali Buksa va Iqbol Begim oilasida dunyoga kelgan. Bu uning otasi uchun katta umidsizlik bo‘lgan, chunki u o‘g‘il farzand kutayotgan edi. U hatto qizini ko‘chaga tashlab ketishga ham qaror qilgan, lekin bir necha soatdan keyin fikridan qaytib, uyiga olib ketgan. Mina kinoga qiziqmas, maktabga borishni xohlar edi. Ammo ota-onasi qizi pul topib, oilasini boqishi kerakligi uchun uni turli kinostudiyalarga taklif qilgan. U ilk bora 6 yoshida “Charm yuz” filmida suratga tushib, pul ishlagan.

Nutan

Foto: “Yandeks Dzen”

Nutan 14 yoshida o‘z karyerasini 1950-yilda onasi Shobxana Samart tomonidan suratga olingan “Bizning qizimiz” filmidan boshlagan. Uning birinchi katta loyihasi “Seema” bo‘lib, shundan so‘ng Filmfare mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Shashi Kapur

Foto: “Yandeks Dzen”

Bollivudning eng katta kinoixlosmandlari oilasida tug‘ilgan Shashi Kapur Raj Kapurning “Yonayotgan ehtiros” filmida bolaligidayoq rol ijro etgan. Keyinchalik yana bir qancha filmlarda ishtirok etib, ushbu sohada o‘zini o‘rnini topishga muvaffaq bo‘lgan.

Rishi Kapur

Foto: “Yandeks Dzen”

Tashqi ko‘rinishini otasi Raj Kapurdan meros qilib olgan Rishi kino olamiga yoshligida kirib kelgan. Raj Kapur uni “Janob 420” filmi uchun videoklipga tushirganda atigi ikki yoshda edi. 11 yoshida otasi “Mening ismim masxaraboz” filmini suratga olishga kirishgan va o‘g‘li ham unda ishtirok etgan.

Nitu Singx

Foto: “Yandeks Dzen”

Rishi Kapurning rafiqasi Nitu Singx ham bolaligidanoq o‘z faoliyatini boshlagan. U “Malika va qaroqchi” filmida rol ijro etganida atigi 7 yoshda bo‘lgan.

Tabassum

Foto: “Yandeks Dzen”

Tabassum o‘z faoliyatini 3 yoshida boshlagan. Tabassum bolalar orasida juda mashhur aktrisa edi. 7 yoshida esa “Uchrashuv” filmida kichkina Nargis rolini ijro etgan.

Rekha

Foto: “Yandeks Dzen”

Hind kinematografiyasining eng yaxshi aktrisalaridan biri deb tan olingan Rekha aktrisalik faoliyatini bolaligidan boshlagan. U 4 yoshida “Oila siri” filmida suratga tushgan.

Shridevi

Foto: “Yandeks Dzen”

Shridevi ham aktrisalik faoliyatini Janubiy Hindiston filmlari bilan boshlagan. 12 yoshida esa Bollivudda “Juli” filmida eng kichik singil obrazida namoyon bo‘lgan. Oradan 4 yil o‘tib, “Solva Savyan”filmida bosh rolni ijro etgan.

Sanjay Datt

Foto: “Yandeks Dzen”

Sunil Datt va Nargisning o‘g‘li 22 yoshida ta’sirli debyut qilgan. Undan 10 yil avval esa 12 yoshda bo‘lgan Sanjay “Reshma va Shera” filmida kichik rol ijro etgan.

Sarika

Foto: “Yandeks Dzen”
Sarikaning otasi yoshligida oilani tark etgani uchun ham u 4 yoshidan boshlab kinoteatrda ishlashga majbur bo‘lgan. Onasi unga maktabga borishni taqiqlab, filmda rol ijro etishga ko‘ndirgan. Uning bolaligidagi eng taniqli va mashhur roli “Hamroz” musiqiy filmi bo‘lib, u yerda asosiy qahramon Vimi qizi rolini ijro etgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar