Daryo

Turkiya Iroq hududida yangi harbiy operatsiya boshladi

Qayd etilishicha, terrorchilikka qarshi operatsiya Iroq shimolidagi Gara viloyati hududida o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish45 554 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Anadolu Agency

Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolida yangi harbiy operatsiyani boshladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar tarqatgan.

Foto: Anadolu Agency

“Iroq shimolida xalqimizga va xavfsizlik kuchlariga nisbatan uyushtiriladigan terrorchilik harakatlarini bartaraf qilish, chegaralar daxlsizligini saqlash maqsadida xalqaro huquqdagi o‘z-o‘zini mudofaa qilish me’yorlaridan kelib chiqib 2021-yil 10-fevraldan boshlab Pençe Kartal-2 harbiy operatsiyasi boshlanganini e’lon qilamiz”, – deyilgan vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, terrorchilikka qarshi operatsiya Iroq shimolidagi Gara viloyati hududida o‘tkaziladi. Harbiy harakatlar mazkur hududdagi Kurdiston ishchi partiyasining guruhlariga qarshi olib boriladi.

Avval Iroqda IShID rahnamolaridan biri yo‘q qilingani haqida xabar berilgandi. Bir necha oy davomida tayyorgarlik ko‘rilgan antiterror operatsiyasi 27-yanvarda Kirkuk shahrida amalga oshirilgan. Unda IShIDning 10 nafar terrorchisi o‘ldirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya 2019-yilda Suriya shimolida kurdlarga qarshi “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasini amalga oshirgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar