Daryo

AQSh Senati Trampga e’lon qilingan impichmentni konstitutsiyaviy jihatdan to‘g‘ri deb tan oldi

Jarayonning konstitutsiyaviyligini yoqlab 56 senator ovoz berdi, 44 nafari qarshi chiqdi

1 daqiqa o‘qish32 762 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Global Look Press

AQSh Senati 9-fevral, seshanba kuni sobiq prezident Donald Trampga nisbatan impichment jarayoni Amerika konstitutsiyasiga zid emas, deb ovoz berdi. Bu haqda The Washington Post’ga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Jarayonning konstitutsiyaviyligini yoqlab 56 senator ovoz berdi, 44 nafari qarshi chiqdi. Trampni Respublikachilar partiyasining ko‘pchilik a’zolari qo‘llab-quvvatladi, ammo olti nafari demokrat bilan birga ovoz berdi.

Impichment haqidagi rezolyutsiya senatga yanvar oxirida berilgan edi. Ungacha jarayonni boshlash vakillar palatasida ma’qullangan edi. Bunga sobiq davlat rahbari tarafdorlarining parlament binosiga hujumi sabab bo‘ldi. Tramp qo‘zg‘olonga da’vat qilishda ayblanmoqda.

Kapitoliyga hujum 6-yanvar kuni sodir bo‘ldi. Prezident saylovi natijalaridan norozi bo‘lgan Tramp tarafdorlari parlament binosiga bostirib kirib, Jo Baydenning g‘alabasi uzil-kesil tasdiqlanishi kerak bo‘lgan Kongress majlisini to‘xtatib qo‘ydi. Namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda besh kishi halok bo‘ldi. Tramp Kapitoliyga hujumni qoraladi. Bungacha esa o‘z tarafdorlarini Kapitoliy tepaliklariga tinch yurish uyushtirishga chaqirgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar