Daryo

Samarqandda dars paytida oyog‘ini parta ustiga qo‘yib o‘tirgan maktab o‘quvchilarining ota-onalari jarimaga tortildi

O‘quvchilar axloqsiz xatti-harakatlari uchun pushaymon ekanligini bildirgan

1 daqiqa o‘qish94 928 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan skrin

Ijtimoiy tarmoqlarda dars vaqtida uch nafar o‘quvchining maktab sinf xonasida oyog‘ini parta ustiga qo‘yib, axloqsizlik qilgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Foto: Videodan skrinshot

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur axloqsizliklar Samarqand viloyatidagi 77-maktabning 9-sinf o‘quvchilari tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Ushbu o‘quvchilar ota-onalari bilan birgalikda Samarqand shahar hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya a’zolari ishtirokidagi majlisga chaqirilgan. Ota-onalar farzand tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lgani uchun uzr so‘ragan. O‘quvchilar axloqsiz xatti-harakatlari uchun pushaymon ekanligini bildirgan.

Maktab ichki tartib-qoidalari hamda o‘quvchi etikasiga rioya qilmagan uch nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) muvofiq jarima jazosi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir: Farg‘onadagi maktabning sinf xonasida pirotexnika portlatgan o‘quvchi IIB ro‘yxatiga olindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar