Daryo

Jo Bayden Oq uyga nevarasi uchun belanchak olib keldi

Bayden qarorgohining eng yuqori qavatida uning kenja nabirasi kichik Bo Bayden uchun kutilmagan mebellar paydo bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish42 656 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Independent

AQSh prezidenti Jo Bayden intervyu paytida Oq uyga belanchak olib kelganini aytdi. Bu haqda 3-fevral, chorshanba kuni The Independent nashri xabar berdi.

Foto: The Independent

Bayden qarorgohining eng yuqori qavatida uning kenja nabirasi kichik Bo Bayden uchun kutilmagan mebellar paydo bo‘ldi.

Prezidentning o‘g‘li Hanter Bayden 2020-yilda o‘g‘illik bo‘ldi. Bolaga 2015-yilda miya saratonidan vafot etgan Amerika rahbarining yana bir o‘g‘li Bo Baydenning ismi berildi.

Yanvar oyi oxirida Bayden Oval ofisdan avvalgi prezident Donald Tramp tomonidan o‘rnatilgan diyeta kolalariga buyurtma berish tugmachasini olib tashlagani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, u qizil-jigarrang kursini to‘q-jigarrang charm kursiga almashtirdi.

Eslatib otamiz, Baydenning inauguratsiyasi 20-yanvar kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tdi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar